WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Sport huquqi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Toshkent shahri Yashnobod tumani

Kunduzgi

Magistratura

Oʻzbek

Yoʻq

2 yil

Tavsif

“Sport huquqi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Mazkur magistratura mutaxassisligi O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, advokatlik tuzilmalarida, notariat idoralarida, tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralarida, xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarda yuridik faoliyat, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida pedagogik, ilmiy-pedagogik, boshqaruv faoliyatini yuritish, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilot, korxona va muassasalarda ilmiy-tadqiqot va boshqaruv faoliyatini yuritish sohalarini qamrab oladi. Shu sababli, “Sport huquqi” magistratura mutaxassisligi zamonaviy sport tizimini rivojlantirish va uning huquqiy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Siz 2 yil davomida “Sport huquqi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha koʻplab nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlasiz. Eng yangi va zarur boʻlgan fanlarni oʻzlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta koʻzlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit toʻplashingiz zarur boʻladi. Jumladan,

Jami auditoriya soati: 900 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat

Ilmiy pedagogik ish: 240 soat

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

15

4

Attestatsiyalar

9

1 – 3

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

2

1, 3

Ta’tillar

22

1 – 4

GPA koʻrsatgichini hisoblash

1

2

Davlat attestatsiyasi

6

4

Jami

100

 

Qoʻshimcha izohlar:

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.

3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.

4) Mazkur ta’lim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qoʻshimcha sport tayyorgarligi mashgʻulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.

O'xshash dasturlar