WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
11 IyunIyunIyun 2026 6 ko'rishlar

Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filiali tashkil etilmoqda: UrDU delegatsiyasi Xitoyda bo‘ldi

2026–2027-o‘quv yilidan Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialini ochish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan UrDU delegatsiyasi Dalyan shahrida muzokaralar o‘tkazdi.

  • 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab Xiva shahrida Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, joriy yilning 8–9-iyun kunlari Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Dalyan shahridagi mazkur universitetda bo‘ldi.
    Tashrif davomida Lyaonin pedagogika universiteti rahbariyati bilan filialning moddiy-texnik bazasi, bino ta’minoti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Lyaonin pedagogika universiteti va UrDU o‘rtasidagi uch tomonlama bitim shartlari muhokama qilindi. Shuningdek, safar doirasida "Xitoy-O‘zbekiston gumanitar almashuvi" simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Unda rektor F.Madrahimova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi va xitoylik hamkorlar tomonidan "Faxriy professor" unvoni bilan taqdirlandi.


Boshqa yangiliklar