Parlament tadqiqotlari institutida Konstitutsiyaviy huquq shu’basi ochildi
Parlament tadqiqotlari institutida Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq shu’basining amaliyot shu’basi ochildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Parlament tadqiqotlari instituti va TDYU rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasini kuchaytirish, yuridik ta’limni real amaliyot bilan bog‘lash hamda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan yangi amaliyot shu’basi orqali talabalar parlament huquqi, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishlarida amaliy tajriba orttirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda qonun ijodkorligi jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir doirasida Parlament tadqiqotlari instituti va TDYU o‘rtasida yangilangan hamkorlik memorandumi ham imzolandi.