Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangi Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi
Bugun institut hududida talabalar, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar ishtirokida yangi Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori Tahirjon Zakirovich Sultanov ochib berdi. Marosimda so‘zga chiqqan Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Sobirovich Komilov markazning yoshlar bilimini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Bugun institut hududida talabalar, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar ishtirokida yangi Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori Tahirjon Zakirovich Sultanov ochib berdi. Marosimda so‘zga chiqqan Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Sobirovich Komilov markazning yoshlar bilimini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi. Yangi markaz 1964 yildan faoliyat boshlagan institut kutubxonasining zamonaviy qiyofaga keltirilgan davomidir. U 5 ta bo‘lim va 20 nafar malakali xodim orqali professor-o‘qituvchilar, talabalar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarni 8274 nomdagi 145 480 nusxalik adabiyot bilan ta’minlaydi. Shundan 3991 nomdagi 87 963 nusxa o‘quv adabiyotlari, 2269 nomdagi 23 887 nusxa ilmiy adabiyotlar, 295 nomdagi 822 nusxa xorijiy adabiyotlar va 1469 nomdagi 5696 nusxa badiiy adabiyotlardan iborat. Shuningdek, markaz elektron resurslar bilan boyitilgan bo‘lib, 14 713 dan ortiq elektron hujjatlar, 8000 dan ortiq raqamlashtirilgan kitoblar, 72 ta kompyuter, yuqori tezlikdagi internet mavjud. O‘quv zallari bir vaqtning o‘zida 220 nafardan ortiq talabaga xizmat ko‘rsatadi va ular zamonaviy o‘quv adabiyotlari, badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar hamda kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Markaz faoliyati yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy va ma’rifiy maskan bo‘lib xizmat qiladi, talabalarning o‘z mustaqil ta’limini rivojlantirish, ilmiy izlanishlar olib borish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.