WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 IyunIyunIyun 2026 15 ko'rishlar

Qarshi davlat universitetida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi

Tadbir universitetda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Dastlab universitet rahbariyati tomonidan oliygohda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari universitetning zamonaviy infratuzilmasi va yangi obyektlari bilan tanishdilar. Jumladan, 5 qavatli Xorijiy tillar fakulteti o‘quv binosi, unda joylashgan “Institut Français de Karshi” fransuz tili markazi, Ingliz tili dasturlari, KOICA markazi, Nemis tili, Rus tili va Xitoy tili markazlari, Erasmus+ dasturlari ofisi, media studiya, sinxron tarjima auditoriyasi hamda zamonaviy ma’ruza zallari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, “Lochin” futbol klubi uchun barpo etilgan zamonaviy stadion majmuasi ham namoyish etildi. Proliga talablariga mos ravishda bunyod etilgan majmua tarkibidagi 1400 o‘rinli tribuna, sun’iy qoplamali yugurish yo‘lagi va ikki qavatli ma’muriy bino bilan tanishildi.

Boshqa yangiliklar