Xalqaro yer kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tabiiy fanlar fakultetida 22-aprel – Xalqaro yer kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan ishtirokchilar hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatga erishish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiat bilan uyg‘unlik muhimligini ta’kidladilar.

Yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va bugungi kundagi boshqa ekologik muammolarini hal etish, tabiatni asrab-avaylash zarurligi yana bir bor ta’kidlanib, atrof-muhitni asrash insoniyat uchun naqadar muhimligi xususida fikr almashildi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro Yer kuni BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida tasdiqlangan va har yili 22-aprel kuni dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida nishonlanadi.