WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 FevralFevralFevral 2026 5 ko'rishlar

“Chiqindisiz kun” loyihasi doirasida ekologik tadbir o‘tkazildi

“Chiqindisiz kun” loyihasi doirasida ekologik tadbir o‘tkazildi

Bugungi kunda ekologik muammolar butun dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar miqdorini kamaytirish hamda yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Chiqindisiz kun” loyihasi doirasida navbatdagi ekologik tadbirning tashkil etilgani e’tiborga loyiq tashabbus bo‘ldi.

 

Mazkur ekologik aksiya EDUHUB o‘quv markazi, “Student Union” hamda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan amalga oshirildi. Tadbir universitet hayotida nafaqat ekologik tozalikka, balki yoshlarning ijtimoiy faolligi va jamoaviy mas’uliyatini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

 

Tadbirning asosiy maqsadi universitet hududini chiqindilardan tozalash, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash, shuningdek, talaba-yoshlar orasida tabiatga mehr va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Aksiya orqali yoshlar ekologiya faqat shior emas, balki kundalik hayot tarziga aylanishi lozimligi haqida amaliy tushunchaga ega bo‘ldilar.

 

Ekologik tadbir davomida universitet hududida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, yashil maydonlar tartibga keltirildi, chiqindilar yig‘ilib, belgilangan joylarga olib chiqildi, atrof-muhitni yanada obod ko‘rinishga keltirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu jarayonda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda universitet jamoasi bir tan-u bir jon bo‘lib ishtirok etdi.

Tadbir jarayonida talabalarning faolligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli yondashuvi alohida e’tirof etildi. Ular nafaqat tozalash ishlarida faol qatnashdi, balki tengdoshlarini ham ekologik madaniyatga rioya qilishga chaqirib, o‘z shaxsiy namunalari orqali atrof-muhitni asrash muhimligini namoyon etdilar. Bu esa loyihaning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirdi.

Boshqa yangiliklar