WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 YanvarYanvarYanvar 2026 136 ko'rishlar

Qishki taʼtilda ham biolog-talabalar ilmiy izlanishda

Qoʻqon davlat universiteti Biologiya kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy toʻgaraklar talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgarak mashgʻulotlari davomida talabalar biologiya fanining zamonaviy va dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarini mustahkamlab bormoqda.

Qishki taʼtil davrida ham kafedrada ilmiy faoliyat uzluksiz davom etmoqda. Professor-oʻqituvchilar rahbarligida kafedrada mavjud Gerbariy fondi talabalarning ilmiy-amaliy mashgʻulotlarini samarali tashkil etishda muhim manba hisoblanadi. Fond tarkibida turli hududlardan to‘plangan oʻsimlik namunalari mavjud bo‘lib, ular o‘simliklar sistematikasi, morfologiyasi va ekologiyasini oʻrganishda keng qoʻllanilmoqda.

Boshqa yangiliklar