Sian moliya va iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Sian moliya va iqtisodiyot universiteti rektori Zhao Minjuan boshchiligidagi delegatsiya hamda Ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston -Xitoy assotsiatsiyasi rahbariyati vakillari - janob Wei Jei va Bobirjon Mirzahmedovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitet rektori T. Teshabayev boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘zaro hamkorlik muhitida tashkil etildi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish, ta’lim va ilmiy sohalarda o‘zaro tajriba almashish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlarni birgalikda tashkil etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, ilmiy va akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar hamda kelgusidagi amaliy hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.