Ta’lim chegara bilmaydi: Germaniyalik talabalar Buxoro davlat texnika universitetida
Buxoro davlat texnika universitetiga Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurdi.






Mehmonlarni Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova samimiy kutib olib, o‘z nutqida mazkur tashrif nafaqat yozgi maktabning boshlanishi, balki ikki universitet o‘rtasidagi yangi va istiqbolli hamkorlikning muhim qadami ekanini ta’kidladi.
Dastur doirasida “Markaziy Osiyoda jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotni kashf etish: AKT, turizm va madaniy meros hamda Industry 4.0 yo‘nalishlari” mavzusidagi ikki haftalik xalqaro yozgi maktab o‘z faoliyatini boshladi. Ikki haftalik dastur davomida ishtirokchilar AKT, turizm va madaniy meros, Industry 4.0 kabi zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlarda bilim va tajriba almashadilar. Shuningdek, xalqaro akademik muhitda yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va kelajakdagi hamkorlik loyihalari muhokama qilinadi. Mazkur yozgi maktab professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, yangi ilmiy aloqalar o‘rnatish va qo‘shma loyihalar sari ilk qadamlarni tashlash uchun muhim imkoniyatdir.
👍 Buxoro davlat texnika universiteti hamda Kempten amaliy fanlar universiteti o'rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma ta’lim dasturlari, xalqaro grantlar va ilmiy loyihalar doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.