UrDUda Hindiston delegatsiyasi bilan uchrashuv va yoga mashg‘ulotlari tashkil etildi
Urganch davlat universitetida Hindiston elchixonasi vakillari bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va talabalar uchun yoga bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Bugun Urganch davlat universitetida Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Yoga Federatsiyasi hamkorligida yoga mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shu munosabat bilan universitetga yoga o‘qituvchisi Sharad Munde, elchixona vakili Kirti Singh Rawat va Lal Bahadur Shastri markazi assistenti Umida Axmedova tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda Hindiston OTMlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hindistonlik yoshlarni UrDUda tahsil olishga jalb etish hamda universitetga Hindistondan malakali yoga murabbiylarini taklif qilish masalalari muhokama qilindi. Hozirda universitet sport zalida talabalar va jamoa ishtirokida yoga mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda.