WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 IyunIyunIyun 2026 17 ko'rishlar

Samarqanddagi xalqaro amaliyot: AQSh talabalari SIUTda amaliy tajriba orttirmoqda

Amerikalik talabalar, o'zbek yoshlari, tajribali professorlar va real loyihalar - so'nggi haftalarda Samarkand International University of Technologyda aynan shunday muhit shakllandi.

Amerikalik talabalar, o'zbek yoshlari, tajribali professorlar va real loyihalar - so'nggi haftalarda Samarkand International University of Technologyda aynan shunday muhit shakllandi.

Xalqaro ta'lim va madaniy almashinuv sohasidagi nufuzli AQSh tashkilotlaridan biri Resource Exchange International (REI) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yozgi amaliyot dasturi universitet hayotining muhim qismiga aylandi. Bugungi kunda AQShning yetakchi universitetlari talabalari SIUTdagi darslar, laboratoriya ishlari va loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

SIUT va REI o'rtasida 2023-yilda imzolangan hamkorlik memorandumi bugun aniq natijalar bermoqda. Ushbu hamkorlik doirasida SIUT talabalari uchun xalqaro amaliyot va tajriba almashish imkoniyatlari kengaymoqda, amerikalik professorlar esa universitetning ta'lim jarayoniga faol jalb qilinmoqda.

Bu yil REI Uzbekistan Summer Internship Program (UZSIP) doirasida AQShning nufuzli universitetlaridan yetti nafar talaba SIUTdagi xalqaro amaliyot dasturida ishtirok etmoqda.

Ta'kidlash joizki, ushbu amaliyot amerikalik talabalar REI Uzbekistan Summer Internship Program (UZSIP) orqali ketma-ket uchinchi yil SIUTda amaliyot o'tayotganini ko'rsatadi. Bu REI va universitet o'rtasidagi hamkorlikning izchil rivojlanishi va samaradorligini aks ettiradi.

Computer Science yo'nalishi talabasi Elliott Lowman SIUT talabalari uchun amaliy dasturlash mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Mechanical Engineering talabalari Brady Engel va Brandon Byers esa SIUT Creative Engineering Center rahbari Ulugbek Amonov bilan hamkorlikda innovatsion elektr dvigatel loyihasi ustida ishlamoqda.

Bundan tashqari, amerikalik talabalar Dizayn fakulteti talabalari uchun matematika, AutoCAD, kasbiy rivojlanish, rezyume yozish va muvaffaqiyatli suhbatga tayyorgarlik bo'yicha treninglar tashkil etmoqda.

SIUTda amaliyot o'tayotgan AQSh talabasi Brady Engel shunday dedi:

“SIUTdagi amaliyot menga nafaqat yangi bilim va kasbiy tajriba berdi, balki dunyoning turli madaniyatlarini yaxshiroq tushunish imkoniyatini ham yaratdi. Professorlar va talabalar bilan ishlash, yangi do'stlar orttirish va loyihalarda hamkorlik qilish men uchun juda qiziqarli va qimmatli tajriba bo'ldi.”

REI bilan hamkorlik memorandumi natijalaridan biri amerikalik professorlar va mutaxassislarning SIUT ta'lim jarayoniga faol jalb qilinishidir. So'nggi yillarda ushbu hamkorlik doirasida AQShning turli universitetlari va tashkilotlaridan qariyb 10 nafar professor va mutaxassis universitetda faoliyat yuritib, talabalar uchun ma'ruzalar, seminarlar, treninglar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi. Bugungi kunda ular SIUT talabalari bilan bilim va tajribalarini bo'lishishda davom etib, xalqaro standartlarga mos ta'lim muhitini rivojlantirishga hissa qo'shmoqda.

Bugun SIUT xalqaro hamkorlikni faqat imzolangan memorandumlar orqali emas, balki aniq natijalar orqali namoyish etmoqda. Xorijiy professorlar auditoriyalarda dars bermoqda, laboratoriyalarda xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda, talabalar esa turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan birga ishlash tajribasini orttirmoqda.

SIUTda xalqaro hamkorlik amalda ishlamoqda. Bilim, tajriba va imkoniyatlar dunyoning turli burchaklaridan insonlarni Samarqandga olib kelmoqda.

Boshqa yangiliklar