WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 IyunIyunIyun 2026 23 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universitetida raqamli davr huquqshunoslari tayyorlanadi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Raqamli huquq” (Digital Law) xalqaro ta’lim yo‘nalishi faoliyat boshladi.

Yuridik ta’limni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida faoliyat yurita oladigan yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashga qaratilgan “Raqamli huquq” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar:
– raqamli texnologiyalarni huquqiy tartibga solish;
– sun’iy intellekt va huquq;
– kiberxavfsizlik huquqi;
– shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish;
– elektron tijorat va smart shartnomalar;
– intellektual mulkning raqamli muhitdagi himoyasi;
– raqamli makonda yuzaga kelayotgan huquqiy masalalarni hal etish;
– xalqaro raqamli huquq normalari kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliyot bilan uzviy bog‘lanib, talabalar davlat organlari, IT-kompaniyalar, fintech tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar hamda yuridik firmalarda tajriba orttirishi mumkin.

Boshqa yangiliklar