WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 AprelAprelAprel 2026 14 ko'rishlar

Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuv: yangi ta’lim imkoniyatlari sari qadam

Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuv: yangi ta’lim imkoniyatlari sari qadam

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Yevropa Ittifoqi hamda Erasmus dasturi vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Erasmus ofisining Toshkent shahridagi vakili Mahmudjon O‘tkurov hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasining siyosat, matbuot va axborot bo‘limi vakili Kun Klassen ishtirok etdilar.

 

Uchrashuv davomida universitet talabalarining Yevropa oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish hamda akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Erasmus dasturi doirasidagi, xususan, Jean Monnet va Erasmus+ loyihalarida ishtirokini yanada faollashtirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirish hamda xalqaro ta’lim aloqalarini mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, uchrashuv jarayonida universitetning Talabalar ittifoqi (Student Union) faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi. Tomonlar mazkur loyihalar qamrovini kengaytirish, shuningdek, Talabalar ittifoqi hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida yaqin kelajakda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Boshqa yangiliklar