Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyat!
Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyat!
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevralda yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “O‘zmilliybank” AJning oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishiga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi.
“Kelajakka qadam” dasturi aynan yoshlarning kelajagini mustahkamlash, ularni kasbga yo‘naltirish va o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish uchun ishlab chiqildi. Bu oddiy loyiha emas. Unda yoshlarning orzulari haqiqatga aylanadi. Ular uchun innovatsion imkoniyatlar eshigi ochiladi Bu dastur orqali bitiruvchilar endi faqatgina diplom bilan qolib ketmaydi, balki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish, tajriba orttirish, hattoki o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dastur qanday imkoniyatlar yaratadi?
- Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish – yoshlar yirik kompaniyalar va tashkilotlar bilan tanishib, o‘z kasbiy yo‘nalishida ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- Biznes g‘oyalarni haqiqatga aylantirish – startaplar va innovatsion loyihalar uchun moliyaviy ko‘mak, ekspert maslahatlari hamda amaliy yordam beriladi.
- Maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari – yoshlar ish beruvchilarning talablariga mos keluvchi maxsus dasturlar asosida o‘qitiladi.
- Xalqaro tajriba almashinuvi – eng iqtidorli yoshlar xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.