“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlari o‘tkazilmoqda.
Yoshlar salomatligini mustahkamlash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish Yangi O‘zbekiston tamoyilining ustuvor vazifalaridan biri sanalishi Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ham o‘z aksini topmoqda.
Sinovlar talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularda harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatni oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
Rejaga binoan, institutda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari barcha fakultet talaba-yoshlaridan qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.