“Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari ”
Buxoro davlat texnika universitetida “Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari ” mavzusida I-an`anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o'tdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida dual ta’lim tizimining rolini aniqlash, uning imkoniyatlari, istiqbollari va amaliyotdagi qo‘llanilish mexanizmlarini muhokama qilish, shuningdek, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
“Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari” mavzusida I-an`anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda dastlab Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova so’zga chiqib, anjumanni kirish so'zi bilan ochib berdi:
Hurmatli anjumanda ishtirok etayotgan ilm-fan vakillari, olimlar, talaba va magistrantlar, shuningdek, qadrli mehmonlar!
Bugun sizni muhim bir voqea – “Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari” mavzusida o’tkazilayotgan I-an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz. Ushbu anjuman, nafaqat soha mutaxassislarining bilim va tajribalarini baham ko'rish, balki muhandislik ta‘limining kelajagi haqida fikr almashish uchun ajoyib imkoniyatdir.