WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 OktabrOktabrOktabr 2025 249 ko'rishlar

Viloyat hokimi Botir Zaripov professor Eko Sri Margianti bilan uchrashdi.

Bugun, 29-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Indoneziyadagi Gunadarma universiteti rektori, Indoneziya – O‘zbekiston do‘stlik uyushmasini rahbari, O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, professor Eko Sri Margianti bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev, Viloyat hokimi matbuot kotibi O.Jo'rayev ishtirok etishdi. Uchrashuvda Buxoro viloyati delegatsiyasining Indoneziyaga, shuningdek, indoneziyaliklarning Buxoroga avvalgi tashrifi doirasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni jadallashtirish, xususan, ta’lim, madaniyat va ziyorat turizmi yo‘nalishida zarur chora-tadbirlarni belgilash bilan bog‘liq masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi jarayonini kuzatishda Indoneziyadan xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan professor Margianti o‘z mamlakatidagi 30 dan ortiq universitet bilan O‘zbekistondagi oliy ta’lim dargohlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib kelmoqda. Muloqot davomida turizm sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va innovatsion loyihalarda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining ishtirokini ta’minlash kabi masalalar ham muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada yaxshilash, ta’lim tizimi va turizmda aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar