WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 IyunIyunIyun 2026 17 ko'rishlar

Toshkent kimyo texnologiya instituti olimlari tomonidan Orolbo‘yi hududlarida ilmiy-amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda

Toshkent kimyo texnologiya instituti olimlari tomonidan Orolbo‘yi hududlarida ilmiy-amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda

Avval xabar berilganidek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hokimliklari o‘rtasida hududning tabiiy resurs salohiyatini o‘rganish, kimyo sanoatini rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.

Mazkur kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida A.Erkayev boshchiligida 12-17-iyun kunlari institut professor-o‘qituvchilari va olimlaridan iborat ishchi guruh Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot hamda Orolbo‘yi hududlariga xizmat safariga yuborildi.

📍 Xizmat safari davomida:
▪️ mavjud mineral xomashyo va agro-mineral resurslar o‘rganildi;
▪️ tuz konlari va istiqbolli sanoat obyektlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi;
▪️ hududlarning ekologik muammolari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilindi;
▪️ mahalliy hokimliklar, korxonalar va mutasaddi tashkilotlar bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔍 O‘rganishlar natijasida hududlarning sanoat va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy xomashyo asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, ekologik muammolarni innovatsion yechimlar orqali kamaytirish hamda yangi investitsion loyihalarni shakllantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

⚙️ Hozirgi kunda mazkur takliflar va kelishuvlar asosida ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar hamda amaliy loyihalarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.

🔬Toshkent kimyo texnologiya instituti tomonidan Orolbo‘yi hududlarining iqtisodiy rivojlanishi, ekologik barqarorligi va sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

freefreefreefree

Boshqa yangiliklar