WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyulIyulIyul 2026 19 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universitetida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashning yangi amaliy modeli joriy etilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Amaliyot va karyera markazi tomonidan xalqaro hamkor — “Franklin Templeton Asset Management” MChJ XK vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuv universitet bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan yangi mexanizm doirasida o‘tkazilgan ilk tadbirdir.

      Tadbirda ta’kidlanganidek, kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasining ishonchli boshqaruvchisi sifatida yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularni jamg‘armaning 13 ta portfel kompaniyasida faoliyat yuritishga jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu esa bitiruvchilar uchun xalqaro standartlar asosida ishlash va korporativ boshqaruv sohasida professional tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

     Tanlovning dastlabki bosqichida 70 nafar bitiruvchi orasidan 33 nafari saralab olindi. Ulardan 13 nafari “Franklin Templeton Asset Management” faoliyati, korporativ boshqaruv tizimi va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, saralash jarayonining birinchi bosqichi — suhbatda ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar