Navoiyni anglash baxti.
Oʻzbek va rus filologiyasi fakulteti tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda "Amiriy" kutubxonasi professor-oʻqituvchilar, yozuvchi, shoirlar, talabalar bilan gavjum boʻldi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib Alisher Navoiy ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Navoiy hayoti, boy madaniy merosi xususida atroflicha fikr yuritildi.
Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etilib, shoir qalamiga mansub gʻazal va ruboiylaridan na’munalar oʻqildi.
Sanaga bagʻishlangan tadbir talabalar tayyorlagan maʼrifiy dasturi bilan davom etdi. "Xamsa" dostoni asosida sahna koʻrinishlari namoyish etildi.