Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxonasi qariyb 1 million AQSH dollari qiymatiga yaqin noyob huquqiy adabiyotlar bilan boyidi
Toshkent davlat yuridik universitetining hamkori, SOAS University of London professori Ian Edge tomonidan universitetga 1 695 nomdagi, qariyb 1 tonna hajmdagi noyob huquqiy adabiyotlar beg‘araz taqdim etildi.
Ushbu noyob manbalar O‘zbekistonda ingliz huquqi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish, inventarizatsiya qilish va ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Jarayonlar yakunlangach, adabiyotlar universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari foydalanishi uchun kutubxona fondiga topshiriladi.
Toshkent davlat yuridik universiteti professor Ian Edgega ushbu bebaho ilmiy tuhfa hamda universitet bilan samarali hamkorligi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.