WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 OktabrOktabrOktabr 2025 66 ko'rishlar

''Yosh kitobxon'' tanlovi – bilim va ma’naviyat bayrami

Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida talabalarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni dekan o‘rinbosari Akmaljon Aliqulov ochib berib, yoshlar hayotida kitobxonlikning o‘rni, uning tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, kitoblar haqidagi chuqur tahlillari hamda badiiy asarlardan olingan saboqlarni ifodalash mahoratida bellashdilar. Baholash jarayonida talabalarning fikrni ifodalash uslubi, o‘qilgan asarlar mazmunini anglash darajasi va nutq madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Kimyo yo‘nalishi
2-o‘rin — Fizika yo‘nalishi
3-o‘rin — Geografiya yo‘nalishi

G‘olib va sovrindorlarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar