WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 FevralFevralFevral 2026 8 ko'rishlar

Turkiyalik professor UrDUda Jaloliddin Rumiy falsafasidan saboq bermoqda

Turkiyaning nufuzli Yildiz texnika universiteti professori Sulayman Dog‘an Urganch davlat universitetida dars mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Urganch davlat universiteti va Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalar izchil rivojlanmoqda. Ana shunday hamkorlik doirasida Turkiyaning Yildiz texnika universiteti professori, Dr. Sulayman Dog‘an universitetimizga tashrif buyurdi.

Falsafa kafedrasining "Akademik dars almashinuv" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad – talabalarga Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosi, zamonaviy falsafiy oqimlar bo‘yicha chuqur bilim berish hamda kafedra olimlari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishdir.

Joriy yilning 25-fevral kuni professor ishtirokida “Jaloliddin Rumiyning tarbiya falsafasi” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mutafakkir merosi asosida ma’naviyat va tarbiya masalalari tahlil qilindi. Ma’lumot uchun, professor Dr. S. Dog‘an joriy yilning 9-fevralidan 20-iyuniga qadar Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasida o‘z faoliyatini davom ettiradi.


Boshqa yangiliklar