WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 AprelAprelAprel 2026 10 ko'rishlar

UrDU Polshaning yetakchi universitetlari bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

Samarqanddagi "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" kongressi doirasida UrDU Polshaning nufuzli Pomeraniya, Gdansk texnika va Vrotslav universitetlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi – 2026” nufuzli anjumani doirasida Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Hikmat Matyoqubov Polshaning bir necha yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan muhim kelishuvlarga erishdi. Xususan, Słupsk shahridagi Pomeraniya universiteti, Gdansk texnologiya universiteti hamda xalqaro reytinglarda Top-1000 talikka kiruvchi Vrotslav universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Mazkur hamkorlik aloqalari professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Boshqa yangiliklar