WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 IyulIyulIyul 2025 5 ko'rishlar

O'zJOKU jamoasi "Zakovat" intellektual o'yini sovrindori

27-iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan Xalqaro press klub tomonidan OAV va media vakillari uchun "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

O'zJOKU jamoasi "Zakovat" intellektual o'yini sovrindori

 

27-iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan Xalqaro press klub tomonidan OAV va media vakillari uchun  "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

 

O’yin davomida jami 29 ta jamoadan iborat 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. "Zakovat" intellektual o‘yini ikki bosqichda, 24 ta savollar kesimida o'ynaldi. O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining "O'zJOKU" jamoasi ham o'yinda faol ishtirok etib, munosib o'rinni egalladi

 

O'yin natijalari quyidagicha:

 

I o’rin - “Oyina” jamoasi — 18 mln so’m pul mukofoti hamda “The travel” milliy turoperatori homiyligidagi “Samarqand shahriga sayohat” yo’llanmasini;

 

II o’rin - “O’zJOKU” jamoasi — 15 mln so’m pul mukofoti;

 

III o’rin - “Yoshlar” telekanali jamoasi 12 mln so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan barcha jamoalar faol ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar, esdalik sovg'alari, kitoblar jamlanmasi bilan rag'batlantirildi.

———————————————

 

O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu

Boshqa yangiliklar