“SIZ – YANGI O‘ZBEKISTON AXBOROT VA MEDIA MAYDONINING ERTANGI OVOZISIZ”
Siz – Yangi O‘zbekiston axborot va media maydonining ertangi ovozisiz. Aynan sizlar ertangi axborot maydonining asosiy harakatlantiruvchi kuchisiz. Sizga bugun katta ishonch, universitet, oilangiz, Vatanimiz va eng asosiysi, universitetimiz asoschisi – Prezidentimizning yuksak ishonchi va katta mas’uliyati yuklanmoqda. Ishoning, bu yo‘lda siz yolg‘iz emassiz. Sizda bilim bor, tajriba bor, orzu bor, maqsad bor – eng muhimi, shu maqsadga erishish uchun shijoatingiz bor.
“SIZ – YANGI O‘ZBEKISTON AXBOROT
VA MEDIA MAYDONINING ERTANGI OVOZISIZ”
— Siz – Yangi O‘zbekiston axborot va media maydonining ertangi ovozisiz. Aynan sizlar ertangi axborot maydonining asosiy harakatlantiruvchi kuchisiz. Sizga bugun katta ishonch, universitet, oilangiz, Vatanimiz va eng asosiysi, universitetimiz asoschisi – Prezidentimizning yuksak ishonchi va katta mas’uliyati yuklanmoqda. Ishoning, bu yo‘lda siz yolg‘iz emassiz. Sizda bilim bor, tajriba bor, orzu bor, maqsad bor – eng muhimi, shu maqsadga erishish uchun shijoatingiz bor.
Sizlar ochiqlik va oshkoralik, so‘z erkinligi va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga sodiq holda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qilishingizga ishonamiz.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizning bugungi muvaffaqiyati – sizlarning sabr-toqat va mehr-muhabbatingiz samarasi. Sizlarga shu qora ko‘zlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularga tirgak bo‘layotganliklaringiz uchun minnatdorlik bildiraman.
Aziz hamkasblar, universitetimiz jamoasi, professor-o‘qituvchilarimiz!
Bugungi kecha – biz uchun ham bayram. Zero ko‘p yillik mehnatimizning mevasini ko‘ryapmiz. Kelajak jurnalistlari, tahlilchilari, siyosatshunoslari, PR mutaxassislari va media tadqiqotchilarini yetishtirish baxti va mas’uliyati bizga nasib etdi, nasib etyapti. Bizning O‘zJOKU – bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy, muqaddas ilm maskani. Va bu maskanda mana bugun to‘rtinchi bor bag‘rimizdagi polaponlarni ulg‘aytirib, qaldirg‘och misol mustaqil hayotga uchirma qilyapmiz.
Shunday ekan, bu oqshom – faxr va g‘urur, ijod va ilhom oqshomi. Sizlarga omad va muvaffaqiyat, bardavom ilhom va jo‘shqinlik, mustahkam pozitsiya va halollik, kuch-g‘ayrat va matonat yor bo‘lsin! Yo‘lingiz ochiq va ravon, niyatingiz halol, ilmingiz charog‘on, so‘zlaringiz va qalamingiz kuchli bo‘lsin!