About the programme
Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi bo'yicha) ta'lim yo'nalishi
Tavsif: Ushbu ta’lim dasturi– Ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidagi yo'nalish bo'lib, yog'-moy, non, makaron va qandolat mahsulotlari, don mahsulotlari, go'sht, sut va baliq mahsulotlari, konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, vino, bijg'ish mahsulotlari, va alkogolsiz ichimliklar texnologiyalariga oid korxonalar хоm ashyosini qabul qilish va saqlash, mahsulot ishlab chiqarish texnologik jihozlarini boshqarish, yordamchi materiallar va mahsulotlaming sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bilan bog'liq kasЬiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Oziq-ovqat texnologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidagi ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish korxonalarida, sohaga oid tashkilotlarda, ilmiy tadqiqot mussasalarida, ilmiy va tahlil laboratoriyalarida kompleks masalalami yechish, pedagogik qayta tayyorlashdan о'tgan taqdirda, professional ta'lim muassasalarida ta'limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasЬiy va ixtisoslik fanlarini o'qitish bo'yicha pedagogik faoliyati Ьilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi.
llmiy-tadqiqot faoliyatida: Texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, qurilmalar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy texnologiyalami amaliyotga tatЬiq etish, uskunalar va avtomatlashtirilgan liniyalami sinovdan o'tkazishda zarur bo'lgan tashkiliy ishlarda ishtirok etish; respublika va horijda chop etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlaming ilmiy manbalarini o'rganish; ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etish; mavzu (topshiriq) bo'yicha ilmiy-texnikaviy ma'lumotlami yig'ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan malumotlami tizimlashtirishda ishtirok etish; ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalami amaliyotga tatbiq etishda qatnashish. Kichik ilmiy xodim va yordamchi lavozimlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi; ilmiy-usluЬiy va boshqa texnik ishlarini bajarish; ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (ta'lim yo'nalishi xususiyatlariga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish; ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalami tashkil etish hamda ilmiy, tahliliy ommabop nashrlarda maqolalar bilan qatnashish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: ishlab chiqarishda bo'lim texnologi bo'lib ishlash, ishlab chiqarish sexini yuritish; xom ashyo, yordamchi materiallar va mahsulotlaming sifatini nazorat qilish; ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish; texnologik sxemalami tahlil qilish va texnologik parametrlami hisoblash; korxonadagi asbob-uskunalar va texnologik jihozlarning ishlashini ta'minlash, ularni yaroqli holatda ushlab turish va qayta tiklash; avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish; buyurtmachilar bilan ishlash; kasbiy etika kodeksiga rioya qilish; texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, qurilmalar, materiallami va yangi turdagi materiallarning tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish; mashinalar va avtomatlashtirilgan liniyalami sinovdan о 'tkazishda ishtirok etish; O'zbekistonda va xorijda chop etilgan soha texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlar va manbalami o'rganish; ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish; mavzu bo'yicha ilmiy-texnikaviy ma'lumotlarni yig'ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma'lumotlami tizimlashtirishda ishtirok etish; ilmiy izlanish natijalarini amaliyotga tatbiq etish. Ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish va boshqarish; zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishini nazorat qilish; kasbiy muammolaming yechimlarini amaliyotga tadbiq etish; ijrochilar ja:moasi ishini tashkil qilish; fikrlar har xil bo'lgan sharoitda boshqaruv qarorlarini qabul qilish; birlamchi ishlab chiqarish bo'g'ini ishini tashkil qilish va uni boshqarish; bajarayotgan faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash.
Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida: Texnologik reglament asosida ishlab chiqarish jarayonlarini tanlash, хоm ashyolarga ishlov berish va mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihasini tuzish; namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ulami qo'llash; avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish; loyihaviy va dasturiy hujjatlami ishlab chiqish; amaliyotda axbоrоt texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini o'z ixtisosligiga mos ravishda qo'llash kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr(4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6180 soat
Malkaviy amaliyot: 1020 soat
Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
103 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
19 |
6,8 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
53 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
4 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
202 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi
Similar programmes
ALMALYK STATE TECHNICAL INSTITUTE
Mining (open pit mining)
9 500 000 so'm
per year
ALMALYK STATE TECHNICAL INSTITUTE
Mechanical Engineering
9 500 000 so'm
per year
Tashkent state transport university
Aeronautical engineering
—
Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers National Research University
Aerospace engineering
—
ALMALYK STATE TECHNICAL INSTITUTE
Architecture
11 000 000 so'm
per year
ALMALYK STATE TECHNICAL INSTITUTE
Automation and management of technological process and production (technical sciences)
9 500 000 so'm
per year