WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan State Technical University

Metrology and standardization

Bachelor Full-time 4 year

About the programme

Metrologiya va standartlashtirish (sanoat) muhandisi

Tavsif: Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi yo’nalish bo’lib, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarish, metrologik ta’minot, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, sifat menejment tizimini ishlab chiqarishga joriy etish, korxonalarda metrologik xizmat, o’lchash usullari va vositalaridan me’yoriy talablarga muvofiq foydalanish, xalqaro talablar asosida o’lchash natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash, mahsulotlar sifat ko’rsatkichini aniqlash, hujjatlarni metrologik ekspertizadan o’tkazish, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha bitiruvchi quyidagi kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi:

muhandislik va loyiha-konstruktorlik faoliyati: o’lchash vositalari qurilmalari, qismlari va detallarini loyihalash va texnik hujjatlarni ishlab chiqish; nazorat-o’lchash asboblari va qurilmalarini loyihalash uchun boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash; avtomatlashtirilgan loyihalash vositalaridan foydalangan holda asbob va qurilmalar konstruksiyalarini hisoblash va konstruksiyalash; loyihaviy-konstruktorlik ishlarini rasmiylashtirish;

ilmiy-tadqiqot: zamonaviy metodlar va vositalardan foydalanib faoliyat obyektlari holatini tahlil qilish; muhandislik obyektlari, jarayonlari va tizimlarini loyihalash, sinash va ulardan samarali foydalanishda ishtirok etish; ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish, tahlil qilish va tizimlashtirish; ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishda qatnashish;

ishlab chiqarish-texnologik faoliyati: standartlar loyihalarini, me’yoriy materiallar va texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish; metrologik ta’minot va texnik nazorat ishlarini olib borish; zamonaviy o’lchash, sinash va nazorat usullaridan hamda mahsulot boshqaruvidan foydalanish; mahsulotning nomuvofiqlik darajasini baholash, sabablarini tahlil qilish va bartaraf etish yo’llari bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

sifat ko’rsatkichlari tekshirish va nazorat: mahsulot va texnologik jarayonlarning o’lchanadigan va nazorat ostidagi parametrlarini aniqlash, o’lchash va nazorat vositalarini tanlash; texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, asbob-uskunalar va materiallarni sertifikatlashtirishga tayyorlashda ishtirok etish; sifat menejmenti tizimlarini amalda o’zlashtirishda qatnashish;

tashkiliy-boshqaruv: bajaruvchilarning kichik jamoatchilik ishini tashkil etish; standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini rejalashtirishda qatnashish; sifat menejmenti tizimlari va sertifikatlash talabnomalarini tuzishda ishtirok etish; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong’in, texnika va mehnat xavfsizligiga mosligini monitoring qilish.

Bitiruvchi o’lchash vositalari va metodlarini tanlash, namunaviy metodikalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashadi.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya (o’quv fanlari) soati: 6180 soat (206 kredit).

Malakaviy amaliyot: 1020 soat (34 kredit).

Jami o’quv yuklamasi: 7200 soat (240 kredit)ni tashkil etadi.

 

O'quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

19

6, 8

Attestatsiya

18

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

8

8

Ta’tillar

47

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

7

1 – 7

GPA ko’rsatkichini hisoblash

3

2, 4, 6

Jami

204

 

 

Qo’shimcha izohlar:

1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi. Malakaviy amaliyot uchinchi bosqichning oltinchi semestrida 4 haftalik va to’rtinchi bosqichning sakkizinchi semestrida 15 haftalik uzluksiz tarzda o’tkaziladi.

Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim yo’nalishi bo’yicha kvalifikatsiyalar (ixtisosliklar): Metrologiya va standartlashtirish — sanoat; kimyo va oziq-ovqat; paxta, to’qimachilik va yengil sanoat; qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari; transport; qurilish; farmatsevtika yo’nalishlari bo’yicha.

Similar programmes