WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
17 JuneJuneJune 2026 6 views

Fransiyalik delegatsiya vakillari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Fransiyadan kelgan xorijiy delegatsiya vakillari - Sirin Elci va Jerome Helfft universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlarga universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Fransiyadan kelgan xorijiy delegatsiya vakillari - Sirin Elci va Jerome Helfft universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlarga universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, delegatsiya vakillari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi. Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik darajasini kamaytirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar talabalarning amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi.

More news