WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
06 FebruaryFebruaryFebruary 2024 7 views

INSTITUT REKTORI TALABALAR TURAR JOYINI KO'ZDAN KECHIRDI

INSTITUT REKTORI TALABALAR TURAR JOYINI KO'ZDAN KECHIRIB, TALABALAR BILAN MULOQOT QILDI

Bugun, 6-fevral kuni Andijon davlat pedagogika instituti rektori B.Rasulov institut talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda yashovchi talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida rektor talabalarning o‘quv jarayonlaridagi faoliyati bilan qiziqdi. Ayni vaqtda ularning qiynayotgan muammolar, qo‘shimcha qulaylik va sharoitlar yaratish bilan bog‘liq takliflari tinglandi. Ularning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. 

Samimiy muloqotlar yakunida talabalar institut rektori bilan mushoira kechasini ham o‘tkazdilar. Talabalar ikki buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan parchalarni ifodali o‘qib berdilar.

Talabalar turar joyidagi oshxonalar faoliyati bilan tanishar ekan u yerda bevosita talabalar bilan muloqot qildi. Muloqotda oshxonani issiq suv bilan ta’minlanganligi, gaz plitalarini ishlash holati, ozodaligini ko‘zdan kechirib, qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha mas’ullarga kerakli tavsiyalarni berdi.

More news