WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
02 JuneJuneJune 2026 88 views

Issues of Practical Cooperation with a Major Industrial Enterprise in China Were Discussed

Within the framework of the official visit of the delegation of Kokand State University, led by Rector Dilnoza Khodjayeva, to the People’s Republic of China, meetings are being held with a number of higher education institutions and major industrial enterprises. This visit is significant as it aims to expand the university’s international cooperation, study modern industrial practices, and create international internship opportunities for students.

Tashrif doirasida universitet delegatsiyasi Xitoyning mashinasozlik sanoatida faoliyat yurituvchi yirik korxonalardan biri — Xi'an Kosun Machinery Co. Ltd faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Korxona boʻylab tashkil etilgan ekskursiya davomida delegatsiya aʼzolariga ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik uskunalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari hamda korxonada joriy etilgan innovatsion yechimlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Ayniqsa, yuqori aniqlikdagi texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish liniyalari delegatsiya vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv davomida Qoʻqon davlat universiteti hamda kompaniya oʻrtasida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi. Jumladan, universitetning mashinasozlik taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun kelgusida ushbu korxonada ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, qoʻshma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy muhandislik texnologiyalari boʻyicha tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Taʼkidlanganidek, tomonlar oʻrtasida olib borilayotgan muzokaralar natijasida endilikda Qoʻqon davlat universitetining mashinasozlik yoʻnalishi talabalari uchun Xi'an Kosun Machinery Co. Ltd bazasida amaliyot oʻtash imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Mazkur tashabbus talabalar uchun xalqaro ishlab chiqarish tajribasini oʻrganish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish hamda nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.

Muloqot davomida universitet vakillari Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, muhandislik yoʻnalishlarini rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar hamda Qoʻqon davlat universitetida talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida ham maʼlumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda kelgusida talabalar va mutaxassislar uchun qisqa muddatli stajirovkalar, akademik almashinuv dasturlari hamda taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham takliflar ilgari surildi.

Mazkur tashrif Qoʻqon davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlash borasidagi ishlarning muhim davomi boʻldi.

Maʼlumot uchun: Xi’an Kosun Machinery Co., Ltd. — 1992-yilda tashkil etilgan Xitoyning sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, mahsulotlari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi. Kompaniya ekologik texnologiyalar va sanoat uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab patentlarga ega.

More news