Kelajak muhandislari — bugun ham maydonda!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali qizg‘in davom etmoqda! Bugun — festivalning 2-kuni va Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi yana bir bor o‘z salohiyati, bilim va innovatsion yondashuvini namoyon etmoqda
🤖 Ayni damda festival doirasida FIRST robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etilgan bo‘lib, unda yosh muhandislar o‘z loyihalari, ilg‘or texnologik yechimlari va kreativ ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.
⚙️ Ko‘rgazmalardan so‘ng esa eng hayajonli jarayon — o‘zaro bellashuvlar boshlanadi! Bu esa nafaqat bilim va tajriba, balki jamoaviy ruh, tezkor fikrlash va muhandislik mahoratining haqiqiy sinovidir.
💡 Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi bugun ham faol, dadil va g‘alabaga intilmoqda!
🔼Biz bilan qoling — eng so‘nggi yangiliklar hali oldinda!