WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
12 JuneJuneJune 2026 12 views

Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi!

Olmaliq davlat texnika institutida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar qalbida milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida milliy liboslarimizning betakror jozibasi, xalqimizning boy madaniy merosi va azaliy an’analari namoyon etildi. Talaba qizlar o‘zlarining pazandalik mahoratlarini ko‘rsatib, milliy taomlarimizning xilma-xilligi va mazali ta’mini targ‘ib qildilar.

➡️ Shuningdek, talaba yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi milliy xalq o‘yinlari tadbirga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bellashuvlar yoshlarning jismoniy chiniqishi, milliy sport turlariga qiziqishi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

⭐️ Mazkur tadbir nafaqat milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, balki yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Milliy qadriyatlar – millat faxri, milliy libos esa uning ma’naviy qiyofasidir!

More news