WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
18 OctoberOctoberOctober 2024 6 views

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan tadbir Namangan muhandislik-texnologiya institutida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-323-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Namangan muhandislik-texnologiya institutida buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning 630-yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bekning hayoti, uning davlat boshqaruvidagi yutuqlari hamda ilm-fan va tamaddunga qo‘shgan ulkan hissasi haqida keng ma’lumot berildi.

Tadbir davomida yoshlar va professor-o‘qituvchilar Ulug‘bekning nafaqat yirik astronom olim, balki o‘z davrining nufuzli davlat arbobi sifatida qilgan xizmatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, u kishining ilmiy izlanishlari va ulkan merosi jahon tamadduni rivojida alohida ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.

Bu tadbir orqali yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning ilmiy va davlat boshqaruvidagi rolini yanada chuqurroq o‘rganishga va ularning merosidan ilhom olishga undash maqsad qilingan.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

More news