WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
12 OctoberOctoberOctober 2024 13 views

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Voleybol musobaqalari o’tkazildi!

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Prezidentimizning Voleybol sport turlarini rivojlantirishga doir 274-sonli Qarori asosida yangi musobaqalar tashkil etildi. Ushbu chempionatlar institut professor-o'qituvchilari ishtirokida o'tkazilib, jamoaviy ruhni oshirish va sog’lom raqobat muhitini yaratishga qaratilgan.

Musobaqalar davomida qatnashchilar o'z mahoratlarini namoyish etish, bir-biridan foydali tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Professor-o'qituvchilar o'rtasida sport orqali do'stlik va hamjihatlik aloqalari mustahkamlandi.

Kelgusida musobaqalarni yanada kengaytirish va boshqa sport turlarini ham kiritish rejalashtirilmoqda. Bu kabi tadbirlar institutda sportni rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini yoyish yo’lida muhim qadamdir.

Keling, birgalikda sportni qo'llab-quvvatlaymiz va institutimizni yangi yutuqlarga erishtiraylik! 

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

More news