WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
21 OctoberOctoberOctober 2024 6 views

NamMTI vakillari "Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati"ning Muzeyi bilan tanishdi.

Bugun, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, fakultet dekanlari va tegishli kafedra mudirlari Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati “Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lishdi.

Ushbu tashrif davomida institut vakillari kombinati tomonidan tashkil etilgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzeyda metallurgiya sohasining tarixi, yutuqlari va texnologiyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi, shuningdek, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muzeyni ziyorat qilish orqali institut vakillari ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish va metallurgiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar haqida fikr almashdilar. Bu kabi tashriflar ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga va kelajakda yanada samarali loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

More news