WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
02 MarchMarchMarch 2026 6 views

Orolbo‘yida ekologik aksiya: talaba-yoshlar va xalqaro volontyorlar hamkorligi

Joriy yilning 1-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-yoshlari va Yaponiyaning OISCA International College tashkiloti ko‘ngillilari hamkorligida Mo‘ynoq tumanida ekologik aksiya tashkil etildi.

Joriy yilning 1-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-yoshlari va Yaponiyaning OISCA International College tashkiloti ko‘ngillilari hamkorligida Mo‘ynoq tumanida ekologik aksiya tashkil etildi. Ushbu tashabbus doirasida Orol dengizining qurigan tubi hududida saksovul ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi. Mazkur ekologik aksiya Orolbo‘yi hududida yuzaga kelgan ekologik muammolarning oqibatlarini yumshatish, hududda yashil qoplamni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar va xalqaro volontyorlar saksovul o‘simligining ekologik ahamiyati, xususan, qum ko‘chishining oldini olish, tuproqni mustahkamlash va hudud iqlimini barqarorlashtirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Yaponiya volontyorlari tomonidan Orolbo‘yi hududini tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ekologik loyihalar va barqaror rivojlanish tamoyillari yuzasidan fikr almashilar ekan, yoshlar o‘rtasida ekologik ong va mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Aksiya davomida 5 mingdan ortiq saksovul ko‘chatlari ekilib, har bir ishtirokchi ekologik mas’uliyatni chuqur his etgan holda tabiatni asrash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shdi. Talaba-yoshlar uchun ushbu tadbir nafaqat ekologik amaliyot, balki xalqaro hamkorlik, tajriba almashish va ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qilgan muhim maydon bo‘ldi.

More news