WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
06 MarchMarchMarch 2026 8 views

🌸 “Sizga ta’zim, aziz ayollar!”

🔝Kuni kecha Energetika va mashinasozlik fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sizga ta’zim, aziz ayollar!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida fakultetimizning ijodkor talabalari tomonidan monologlar, raqslar, qo‘shiqlar, QVZ chiqishlari hamda turli qiziqarli shartli o‘yinlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Ayniqsa, fakultet dekan o‘rinbosari A. Abdullayev va fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori D. Isroilov tomonidan ijro etilgan duet tarona tadbirga alohida ko‘tarinki kayfiyat va pozitiv ruh bag‘ishladi.



➡️ Shuningdek, tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U. Cho‘lponova so‘zga chiqib, barcha ayol-qizlarni ushbu go‘zal bayram bilan samimiy tabrikladi.

💐 Barcha ayol-qizlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

More news