WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
13 JulyJulyJuly 2026 8 views

“Yangi O‘zbekiston” universiteti BMTning Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (SDSN) a’zosiga aylandi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tashabbusi bilan tashkil etilgan United Nations Sustainable Development Solutions Network (SDSN) – Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘ining rasmiy a’zosiga aylandi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tashabbusi bilan tashkil etilgan United Nations Sustainable Development Solutions Network (SDSN) – Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘ining rasmiy a’zosiga aylandi.

A’zolik sertifikati 2026-yil 11-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan SDSN manfaatdor tomonlarining yuqori darajadagi uchrashuvi doirasida universitetimizga topshirildi. Tadbirda xalqaro tashkilotlar, yetakchi oliy ta’lim muassasalari, davlat idoralari, ekspertlar hamjamiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Marosimda universitet nomidan Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, professor Baxtiyor Eshchanov ishtirok etib, SDSN prezidenti hamda Kolumbiya universiteti professori Jeffrey Sachsdan a’zolik sertifikatini qabul qilib oldi.
 

Mazkur a’zolik universitetimiz uchun barqaror rivojlanish yo‘nalishida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi.



Bu hamkorlik “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilm-fan, innovatsiyalar va dalillarga asoslangan siyosatni rivojlantirish borasidagi xalqaro mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

More news