WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
26 MarchMarchMarch 2026 5 views

Yapon tili va kasbga o‘qitish markazining ochilishi munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 26-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro ahamiyatga molik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazining tantanali ochilishiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu markaz yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ayniqsa, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Joriy yilning 26-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro ahamiyatga molik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazining tantanali ochilishiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu markaz yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ayniqsa, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Uchrashuvda "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi vakillari, Yaponiyaning nufuzli "Koutaru Kai - Joho Bencha" kompaniyasi direktori Kai Koutaro, Migratsiya agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i Azamat Achilov va universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Timur Nurimbetov ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yapon tilini o‘qitish tizimi, uni samarali o‘zlashtirish usullari hamda tinglovchilarni xalqaro til sertifikatlari va kasbiy malaka imtihonlariga tayyorlash masalalariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, ushbu markaz orqali yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, jumladan, Yaponiyada ta’lim olish va mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollari haqida ham ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Yaponiyaning boy madaniyati tanishtirildi. Milliy urf-odatlar, an’analar va yozuv namunalari taqdimoti tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ushbu markaz faoliyati hudud yoshlarining bilim darajasini oshirish, ularni xalqaro maydonga olib chiqish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

More news