22 JuneJuneJune 2026
10 views
Yaponiyaning “Nippon travel agency” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Institutga Yaponiyaning yetakchi turizm va xalqaro hamkorlik kompaniyalaridan biri — “Nippon travel agency” vakillari tashrif buyurdi.
Institutga Yaponiyaning yetakchi turizm va xalqaro hamkorlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Nippon travel agency” kompaniyasi vakillari — katta maslahatchi Baba Naoki hamda biznes strategiyasi va innovatsiyalar departamenti bosh menejeri o‘rinbosari Noguchi Kazuya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori, professor Sh. Hasanov kutib oldi.
Tashrif davomida institut rektori mehmonlarga institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, talabalar almashinuvi va amaliyot dasturlari bo‘yicha fikr almashildi.