WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
30 OctoberOctoberOctober 2024 5 views

"Yashil Makon" loyihasiga institut talabalarining ko‘magi: Namangan ko‘chalari yashillikka burkanmoqda.

"Yashil makon" dasturi doirasida "Namangan yo‘l ko‘kalam" Davlat muassasasi tomonidan viloyatning turli hududlariga manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi viloyat bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirishni kuchaytirish, ekologik muvozanatni saqlash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishdir.

Mazkur jarayonlarda Namangan muhandislik-texnologiya institutining Manzaralik bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi talabalari tashkil qilgan "Yashil makon volontyorlari" guruhi faol ishtirok etmoqda. Volontyorlar ko‘chat ekish, parvarish qilish, va yangi ekilgan ko‘chatlar uchun zarur agrotexnik xizmatlarni bajarish orqali viloyatning yashillik qiyofasini kengaytirishga hissa qo‘shmoqdalar. Talabalar bu jarayon orqali amaliy ko‘nikmalar orttirib, o‘z bilimlarini real loyihalarda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

More news