WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Bizning maqsadimiz

 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tamonidan juda katta tashabbuslar va ishlar olib borilmoqda, hususan 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Muhtaram Prezidentimizning ushbu farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ–4391-son «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarni raqobatbardosh muxitini yaratish, xalqaro e’tirof etilgan reyting (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) tizimlariga kiritish kabi qator masalalar aniq va yo‘naltirilgan holda keltirib o‘tilgan.

Kafedramizning maqsadi, yuqorida keltirilgan istiqbolli vazifalardan kelib chiqib quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

· ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;

· kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;

· ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish;

· yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;

· kafedrada moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash;

· kafedra faoliyatini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

· korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;

· kafedraning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.

 

Bizning vazifalarimiz

 

Yuqoridagi maqsadlarimiz asosida quyidagi vazifalar belgilab olingan:

– universitetimiz faoliyatini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingidagi o‘rnini mustahkamlash uchun munosib hissa qo‘shish, xalqaro hamkor universitetlar bilan ilmiy maqolalar chop etish, kafedramiz ta’lim yo‘nalishi doirasida ilmiy izlanishlar olib borish;

– kafedramizda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazishda tizimli yondashish va mustaxkamlash;

– xalqaro tajribalardan kelib chiqib, kafedrada ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;

– oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish. Kafedra professor-o‘qituvchilarni, ilmiy izlanuvchilarni nufuzli xorijiy muassasalarda malakasini oshirish yordamida yangi o‘zgarishlarga tez va sifatli moslashish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

– oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog’liqligini nazarda tutuvchi «Universitet 3.0» konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etishda kafedraning samarali xissasini qo‘shish; Ya’ni kafedraning o‘z ishlanmalarini, ixtirolarini erkin bozorda bemalol sota olish, tijoratlashtirish masalalarini erkin tadbiq etish va ta’lim sifatini oshirish.

– xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;

– kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek Kafedra negizida faoliyat olib boruvchi «Chemical Technology, Control and Management» xalqaro ilmiy-texnik jurnalini xalqaro ma’lumotlar bazasiga (Scopus, Web of science) bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;  

– talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

– ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

– aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, chekka qishloqlardagi maktablar bilan xamkorlikni kuchaytirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash.

O'xshash dasturlar