WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Oziq-ovqat texnologiyasi.

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60720100 - Oziq-ovqat texnalogiyasi

 

Bilim sohasi: Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta’lim sohasi: Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari

Ta’lim yo‘nalishi:  Oziq-ovqat texnologiyasi

 

ECTS kreditlari: 240

 

Qisqacha tavsif:

Dasturning maqsadi – oziq-ovqat texnologiyalari hamda umumiy va funksional ovqatlanish sohasini rivojlantirish bo‘yicha bilimli mutaxassislar tayyorlashdir. Bitiruvchilar turli funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni sotish, ovqatlanish xizmatlari, shuningdek kichik va o‘rta biznes korxonalarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

 

Amaliyot: Talabalar may-iyun oylarida sohaga oid bo‘lgan mahalliy kompaniyalarda yoki nodavlat tashkilotda amaliyot o‘taydilar.

 

Karyera istiqbollari:

Bitiruvchilar ovqatlanish korxonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura (MSc) va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar