Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Dastur haqida
|
Fan/modul kodi AMF112234 |
O’quv yili 2021/2022 |
Semester 1-3 |
ECTS- Kreditlar 6 |
|||||
|
Fan/modul turi Tanlov fan |
Ta’lim tili Ingliz |
Haftadagi dars soatlari 2 |
||||||
|
1. |
Fanning nomi
Amaliy fonetika |
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
60 |
Mustaqil ta’lim (soat)
60 |
Jami yuklama (soat)
120 |
||||
|
2. |
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga kasbiy yo‘nalish doirasida tilning og‘zaki va yozma shakllarini o‘rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tilining funksional shakllari va uslublarini, til to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir. Fanning vazifasi - umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko‘ra talabalarning o‘rganilayotgan chet tilini C1 darajada egallashlari uchun zaruriy bilimlarni integrallashgan tarzda o‘rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirish. II. Asosiy qism (amaliy mashg‘ulotlar) Amaliy fonetika fanio‘z ichiga quyidagi mavzu va til materiallarini qamrab oladi: - kursga kirish: nutq tovushlari, nutq oqimi, intonatsiya, talaffuz tizimlari, uslublari; - nutq tovushlari,nutq organlari, fonemalar, harflar - unli tovushlarning tasnifi: unli tovushlar va ularning tamoyillari. - tovushlar va ularning raqamlanishi(amaliyotda foydalanish). - unli tovushlarning o`qilish qoidalari. - undosh tovushlarning tasnifi: undosh tovushlar va ularning tamoyillari. - undosh tovushlarning o`qilish qoidalari. - undoshlar klasteri. - nutq oqimida tovushlarning birikish hodisalari ,fonetik o`zgarishlar; assimilyatsiya, aspiratsiya, akkomodatsiya, eliziya. - palatalizatsiya, “r”lashgan va “r” tovushi ishtirokiga ko`ra o`zgarishlar. - dissimilyatsiya, delitsiya. - reduksiya; kuchli va kuchsiz formasi. - bo‘g‘inning yasalishi, bo`g`in turlari. - bo`g`in bo`linishi, tugun.bo‘g‘in hosil qiluvchi va bo‘g‘in hosil qilmaydigan tovushlar. - so`z urg`usi. Birinchi va ikkinchi darajali urg`ular. - zaif bo`g`inlar va shva. - ingliz tilida so`z urg`usining asosiy qoidalari. - talaffuz qilish uslubi(urg`u) tipologiyasi. - intonatsiya va uning tarkibiy qismlari - gapning kommunikative turlari: darak, undov,buyruq va so`roq gaplar. - umumiy, maxsus, alternativ va tasdiq so`roq gaplar intonatsiyasi. - gap urg`usi. - ritm va qishqarish. - ohanglar va shkalalar, terminal ohanglar. - ohanglar ketma-ketligi. Ergash gaplar, qavsli, muallif so`zlari intonatsiyasi. - fonostilistika: axborot, ilmiy, deklarativ, publitsistik va muloqot uslubi. Har bir fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar multimedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ishga ajratilgan mavzularni o‘rganishning asosiy maqsadi mavzular bo‘yicha ishlash jarayonida auditoriyada olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar paytida talabalarda hosil bo‘lgan tasavvur, bilim va ko‘nikmalarni yanada chuqurlatirish, mustaqil xulosalar chiqarish va turli ilmiy- amaliy gepotezalarni olg‘a surishga o‘rgatishdir. Talabalarning mustaqil ishlarining mohiyati ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil ishlash natijasida og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini mustahkamlash hisoblanadi. Mustaqil ishlarning natijalari mavzular bo‘yicha so‘z va so‘z birikmalarini yodlash, mazkur til vositalari yordamida erkin so‘zlashish uchun dialogik va monologik matnlar tuzish shaklida rasmiylashtirish mumkin. Mustaqil ish uchun tavsiya etiladigan mavzular tegishli bosqichdagi mavzularning mantiqiy davomi bo‘lib, talabaning tashabbusiga ko‘ra erkinlashtirilishi mumkin. Har bir bosqichning o‘ziga xosligidan kelib chiqib mustaqil ish shaklan turli darajada va xilma-xil bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishlarning natijalari mavzu bo‘yicha annotatsiya, referat, ma’ruza, tezislar, konspekt, retsenziya shaklida rasmiylashtirishi mumkin. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: - darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; - tarqatma materiallar bo‘yicha dars materiallarini o‘zlashtirish; - maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; - talabalarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; - faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari. |
|||||||
|
3. |
IV. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: • o‘rganilayotgan asosiy chet tilini Umumevropa standartlariga ko‘ra C1 darajada o‘zlashtirishi; • o‘rganilayotgan chet tilining fonetik va grammatik qonuniyatlarini bilish va qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallashlari; • o‘rganilayotgan chet tilida og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashi; • tushunish va muhokama qilish uchun bosqichma-bosqich turli til materiallari bilan ishlash usullari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; • o‘z fikr va mulohazalarini lingvistik kurs modullari va ularning mavzularidan kelib chiqqan holda mantiqiy bayon etishi; • chet tilidagi og‘zaki va yozma shakldagi ma’lumotlarni tushunish maqsadida turli strategiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; • chet tilining fonetik va grammatik strukturalariga oid bazaviy va kommunikativ jarayonda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan til birliklari va qonuniyatlarini bilishi va ularni nutq jarayonida qo‘llay olishi; • chet tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot beruvchi boshqa vositalardan olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish; • o‘rganilayotgan chet tilida o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish; • bitiruv malakaviy ishini yozish, ilmiy ishni olib borish bosqichlari, yozish uslublarini to‘g‘ri qo‘llash va ilmiy matnni tahrirlash borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. |
|||||||
|
4. |
V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
|
|||||||
|
5. |
VI. Kreditlarni olish uchun talablar: Talabalardan til kompetensiyalariga va modullar mazmunini aks ettiruvchi asosiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, ya’ni chet tilida og‘zaki nutqni tushunish, o‘z fikrini chet tilida bayon qilish,o‘qish va yozish mahoratini namoyon qilish, chet tilining fonetik va grammatik qonuniyatlarini, tili o‘rganilayotgan va chet tilida so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyatini anglash hamda chet tilida chop etilgan turli matbuot manbaalaridagi autentik materiallarni tushuna olish talab qilinadi. Fan doirasida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR) ga ko‘ra kurslar kesimida A2 – C1darajaga mos keladigan til materiallarini tushunish, mazmunini tahlil qilish, mavzularga oid turli matn turlarini o‘qib, tinglab mazmunini tushunishlari va o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ifoda eta olishlari shart. |
|||||||
|
6. |
Asosiy adabiyotlar Ingliz tili 1.Iriskulov M.T. “English phonetics”. T., 2007 2. Boqiyeva G., Paluanova X. “Language aspects. Communicative-normative phonetics”. T., 2017 3. Mark Hancock English Pronunciation in Use. Self-study and classroom use. Cambridge University Press,2003. 4. Martin Hewing. English Pronunciation in Use Advanced. Self-study and classroom use. Cambridge University Press,2007. 5. English phonetics and phonology. Fourth edition. Peter Roach. Cambridge university press,2019.-231 p. Qo’shimcha adabiyotlar Ingliz tili 1. Теоретическая фонетика английского языка.А.В.Зырянова.-Челябинск:Изд-во Юж.-Урал.гос.гуман.-пед.ун.та, 2016. 2. Ship or sheep? An intermediate pronunciation course. Third edition.Ann Baker.Cambridge University Press, 2006. Newspaper Articles to get Teenagers Talking. Upper-intermediate- Advanced. Peter Dainty. Scholastic, 2006 3. Fluent English. Barbara Rainsnider, Living Language 2005
Axborot manbalari
Ingliz tili 1. www.developreading.com 2. www.teachingenglish.org.uk 3. www.online-literature.com 4. www.literature.org 5. www.onestopenglish.com
|
|||||||
|
7. |
Fan dasturi Qarshi davlat universiteti Pedagogika Instituti Kengashining 2021 yil “ ” avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. |
|||||||
|
8. |
Fan/ modul uchun mas’ullar: M.B.Elboyeva- “Xorijiy tili va adabiyoti” kafedrasi katta o`qituvchisi. S.Tillayeva - “Xorijiy tili va adabiyoti” kafedrasi katta o`qituvchisi. D.Abdimurodov- “Xorijiy tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi. |
|||||||
|
9. |
Taqrizchilar: Z.B.Allayarova - “Xorijiy tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, katta o`qituvchisi. M.I. Murodova - “Xorijiy tili va adabiyoti” kafedrasi katta o`qituvchisi. |
|||||||
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga