WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Jizzax davlat pedagogika universiteti

Fizika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak.

T Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60110700 – Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi – umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;

- umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda fizika va astranomiya fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o'rta maxsus va professional ta'limda fizika va astranomiya fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

- ta'lim tizimida kabinet mudiri,metadist, muxandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;

- ishlab chiqarish sohasida fizik, astronom, muxandis-tadqiqotchi;

- turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida xamda boshqa muassasalarda ishlash;

- O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'illanish;

- umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

- ta'lim jarayoni meyoriy xujjatlari, pedagogik texnalogiyalarni ishlab chiqish;

O'xshash dasturlar