Samarqand davlat pedagogika instituti
10,478
Talabalar
1
Xorijiy talabalar
368
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
18
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Samarqand davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2022 yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori asosida tashkil etildi.U 2022/2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshladi. 2022/2023 o‘quv yili uchun institutga kunduzgi hamda kechki ta'lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilandi. 2022/2023 o‘quv yilidan esa har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilandi.
Bundan tashqari, Institutda turli fan yo'nalishlari jumladan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, huquq, xorijiy tillar, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi va boshqa zamonaviy fan sohalari bo'yicha professional mutaxassislarni yetishtirib kelmoqda.
Ayni paytda institutda bakalavr va magistratura yo'nalishida 10 478 nafar talabalar tahsil olmoqda.
Samarqand davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor beradi, jumladan, Qozog'iston, Turkiya, Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolangan
Xorijiy talabalar uchun
Xalqaro karyeraga ilk qadam — Samarqand davlat pedagogika instituti!
Markaziy Osiyoning yetakchi oliygohlaridan biriga o‘qishga kiring va xorijiy talabalar uchun maxsus yaratilgan imtiyozli sharoitlarda ta’lim oling.
- Bepul turar joy: Turar joy xarajatlarini to‘liq o‘z zimmamizga olamiz. Har bir xalqaro talabaga zamonaviy talabalar turar joyidan bepul joy kafolatlanadi.
- Buyuk tarix muhiti: Institut korpuslari Samarqandning qoq markazida joylashgan bo‘lib, muhtasham tarixiy binolarda faoliyat yuritadi. Tarix yaratilgan joyda tahsil oling!
- Yangi avlod kampuslari: Zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, yuqori texnologiyali ma’ruza zallari, raqamli kutubxonalar va sport majmualari sizni kutmoqda.
- Muvaffaqiyatli lokatsiya: Hamma narsa piyoda yetib borish masofasida. Kafelar, bog‘lar, savdo markazlari va transport bog‘lamalari institut atrofida joylashgan.
- Jahon merosi bag‘rida: Afsonaviy Registon maydoni va qadimiy me’moriy yodgorliklar sizning har kungi sayr yo‘nalishingizga aylanadi.
Samarqand davlat pedagogika instituti — an’analar, texnologiyalar va sizning yorqin kelajagingiz!
Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlik faoliyati
Samarqand davlat pedagogika instituti global akademik aloqalarni faol rivojlantirib, pedagogik taʼlim sohasidagi yetakchi markazlardan biri sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Bugungi kunda institut dunyoning ko‘plab nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan mustahkam sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Institutimizning Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan juda keng ko‘lamli va dinamik ishlar olib borilmoqda. Ushbu tizimli saʼy-harakatlar tufayli talabalar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. Xususan, ular hamkor universitetlarda qisqa va uzoq muddatli stajirovka (malaka oshirish) o‘tash, akademik almashinuv dasturlarida qatnashish, shuningdek, qo‘shma grantlar va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatiga egadirlar.
Hamkorligimiz geografiyasi dunyoning eng muhim taʼlim xablarini qamrab olgan:
- Xitoy: Jiangsu normal universiteti, Nantong universiteti, Vuhan sport universiteti hamda Xinxiang kasb va texnika kolleji.
- Rossiya: Eng yirik sohaviy oliygohlar, jumladan, Moskva davlat pedagogika universiteti (MPGU), Tomsk, Chuvash, Tambov, Nijegorod (Minin nomidagi), Ulyanovsk va Glazov davlat pedagogika universitetlari, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Kemerova davlat universiteti, Severno (Arkticheskiy) federal universiteti hamda Yer magnitizmi, ionosfera va radioto‘lqinlarning tarqalishi instituti (IZMIRAN) kabi yirik akademik markazlar.
- Janubiy Koreya: Seul Milliy Universitetining SNUSR ijtimoiy masʼuliyat markazi, Kvangju ayollar universiteti, Keimyung Kolleji Universiteti va Dongguk universiteti.
- Qozog‘iston va Markaziy Osiyo: Al-Farobi nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, X. Dosmuxamedov nomidagi Atyrau universiteti, M.X. Dulati nomidagi Taraz regional universiteti, X.A. Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, SDU Universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Xo‘jand davlat universiteti hamda Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi.
- Turkiya: Anadolu Universiteti, Nejmettin Erbakan universiteti, Aksaray universiteti, Geresun Universiteti, Ordu Universiteti va Karamanog‘lu Mehmetbey universiteti.
- Ozarbayjon: Baku davlat universiteti, Ozarbayjon tillar universiteti va Azarbayjon davlat pedagogika instituti.
- Yevropa va Osiyoning boshqa davlatlari: Turku Universiteti (Finlyandiya), Gdansk Universiteti (Polsha), Belarus davlat pedagogika instituti, Sultan Idris Universiteti va Perlis universiteti (Malayziya), Ariel Universiteti (Izrail), Muhammadiyah Sumetara Utara universiteti (Indoneziya), Bombey texnologiya instituti (Hindiston) hamda Norvich tillar instituti (Buyuk Britaniya).
Zamonaviy, integratsiyalashgan va ko‘p madaniyatli taʼlim muhitini yaratish maqsadida institut xalqaro tillar maktablari, madaniyat va nashriyot markazlari (jumladan, “Zlatoust” ilmiy-nashriyot markazi, Rus-turkman madaniyat markazi, Beynelxalq Tehsil Merkezi, Grapho Group Ltd va JH SMART HUB) bilan ham faol hamkorlik qilib kelmoqda.
Til kurslari
Samarqand davlat pedagogika institutida tillarni oʻrganing!
- 🇬🇧 Ingliz tili
- 🇷🇺 Rus tili chet tili sifatida
- 🇺🇿 Oʻzbek tili
Talabalar uchun imkoniyatlar
Samarqand Davlat pedagogika institutining 2 nafar talabasi qo'l jangi bo'yicha Jahon chempioni bo'ldi
25-27-aprel kunlari Moskva shahrida o'tkazilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu turnirda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 7 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Xususan, maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy madaniyat va sport yo'nalishi talabalari Sevinch Rahimova 48 kg vazn toifasida, Ruhshona Shayxiddinova 70 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Fakultetlar
FAKULTET TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan Samaqrandavlat pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi. Institut fakultetlaridan “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti 4 ta kafedradan iborat bo‘lib, ular - 1. Aniq fanlar kafedrasi; 2. Tabiiy fanlar kafedrasi; 3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi; 4. Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedralari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2023-yil avgust oyida “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti negizidan "Tabiiy fanlar" fakulteti ajralib chiqdi. Samarqandda tabiiy fanlar (biologiya, kimyo va geografiya) sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishi, 1927 -1928-yillardan boshlangan. Samarqandda tabiiy fanlar sohasidagi ishlarni uch qismga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ular quyidagilar: Biologiya, Kimyo, Geografiya.
Tabiiy fanlar fakulteti 2 ta kafedradan iborat:
- "Biologiya va geografiya" kafedrasi;
- "Kimyo" kafedralari.
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
- 60110900 - Biologiya
- 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
- 60110800 – Kimyo
Ma’naviy-marifiy ishlar
Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultet hamda institut rahbariyati tomonidan turli xildagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Tabiiy fanlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yillik ish reja tasdiqlangan bo‘lib, talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, fakultetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida “Zakovat”, “Munozara-debat”, “Kitobxonlik”, “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati ham yo‘lga quyilgan. Bundan tashqari milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy me’rosini targ‘ib yetish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xona-donlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo‘yicha faoliyat olib boriladi. Fakultetda tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni Respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida hamda Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasida ham ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tabiiy fanlar fakultetida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy xurujlardan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy, vatanparvar fidoiysi bo‘lib kamol toptirish va ongi-shuurini yurt ravnaqiga dahldor qilib shakllantirishdan iboratdir.
FAKULTET TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan Samarqand Davlat Pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-iyuldagi qaroriga ko‘ra Samarqand Davlat Pedagogika institutida matematika va informatika, fizika-astronomiya, biologiya, kimyo, geografiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishlari qamrovida “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti” tashkil etilib, 2021-2023-o‘quv yilida faoliyat ko‘rsatdi. Samarqand Davlat Pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Amaliy matematika va fizika” fakulteti faoliyati tashkil etildi.
Amaliy matematika va fizika fakulteti 2 ta kafedradan iborat:
Matematika va informatika.
Fizika-astronomiya.
Amaliy matematika va fizika fakultetida ikkita yo’nalish mavjud:
Matematika va informatika
Fizika va astronomiya
Ma’naviy-marifiy ishlar
Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Samarqand Davlat pedagogika instituti axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 5 ta darslik, 3 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta o‘quv-usuliy qo‘llanma, 200 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. Xususan, 2023-yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan «Scopus» , Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 13 ta hamda impakt faktorga ega xorijiy jurnallarda 31 ta ilmiy maqola nashr qilinib, universitet reytingiga munosib hissa qo‘shildi. O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligining Intellektual mulk agentligidan 20 ga yaqin mualiflik guvohnomasiga ega bo‘ldi. Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar talabalarda umuminsoniy madaniy qadriyatlarni, xalqimizning ko'p asrlik an'analari va boy merosini o'zlashtirishga, Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin qizlar bandligini ta’minlash masalalari”ga oid 5 ta muhim tashabbusga asoslangan yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.
FAKULTET TARIXI
Institutning "Boshlang'ich ta'lim va gumanitar fanlar" fakulteti 1966-yilda Sadriddin Ayniy nomidagi amaliyotdagi Samarqand davlat pedagogika instituti "Maktabgacha tarbiya va tarbiya uslubiyoti» nomi bilan ochilgan. 1992-yil pedagogika instituti Samarqand davlat universitetiga qo‘shilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 2-iyuldagi qaroriga ko'ra O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Pedagogika fakulteti" tashkil etilib, 2021-2023-o'quv yillari o'z faoliyatini olib bordi. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan "Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar" fakulteti faoliyati tashkil etildi.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
-Pedagogika kafedrasi;
-Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi;
-Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi;
-Psixologiya kafedrasi;
- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi.
Fakultet kvalifikatsiyasi:
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
O’qish muddati: 4 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi kasb standartiga muofiq umumiy o‘rta ta’limda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professinal ta’limda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-O‘zbekiston Resbublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotch ishlari bilan shug‘ullanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, cabinet mudiri sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60111100 – Tarix
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya)
–Tarix fani o‘qituvchisi
O’qish muddati: 4 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki
60111100 – Tarix yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
60111100 – Tarix yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o’quvchisi kasb standartiga muofiq umumiy o’rta ta’limda tarix fani o’qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professinal ta’limda tarix fan o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-O‘zbekiston Resbublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqotchi ishlari bilan shug‘ullanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi deriktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktab professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, cabinet mudiri sfatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamram oladi.
Magistratura
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha)
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – O‘qituvchi, pedagog-tadqiqotchi
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi
70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatining tavsifi.
70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faolyat turi bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatining sohalari.
Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik)
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)
Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) – O‘qituvchisi, qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish.
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim shakli: kunduzgi
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)
yo’nalishi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining tavsifi.
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi bo‘yicha magistrrlar kasbiy faoliyatining sohalari.
70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish mumkin.
FAKULTET TARIXI
Samarqand Davlat pedagogika institutining “Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim” fakulteti Institut Kengashining 2023-yil 28-avgustdagi qarori bilan qayta tashkil etildi. Bunga qadar “Aniq va tabiiy fanlar, jismoniy madaniyat” deb atalib, 2021-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. Fakultet 2 yilda katta natijalarga erishdi, kelgusida ham o‘zining faoliyatida ulkan marralarni zabt etishga tayyor.
2021-2022-yillarda fakultetni prof.B.T.Haydarov, 2023-yildan hozirgi paytgacha dots.Sh.T.Normo’minov dekan sifatida boshqarib kelmoqda. Dastlab fakultetda Aniq fanlar, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat yo’nalishlarida xalq ta’limi sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 2023-2024 – o’quv yilidan boshlab Maktabgacha ta’lim yo’nalishi fakultetga biriktirildi va Aniq falar va Tabiiy fanlar yo’nalishlari alohida fakultet bo’lib shakllantirildi. Shundan so’ng Fakultetda Jismoniy madaniyat, Sport faoliyati va Maktabgacha ta’lim yo’nalishlari faoliyat yuritmoqda. Fakultet respublikamizning xalq ta’limi tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilar qatorida bo’lib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakultetida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”, “Sport turlarini o’qitish metodikasi” va “Maktabgacha ta’lim” kabi 3 ta kafedra mavjud bo’lib, bugungi kunda jami 60 nafardan ziyod asosiy va 40 dan ziyod o’rindoshlik asosida malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim” fakulteti 3 ta kafedradan iborat:
- "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasi
- "Sport turlarini o’qitish metodikasi" kafedrasi
- "Maktabgacha ta’lim" kafedrasi
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
- 60110200 – Jismoniy madaniyat
- 61010300 – Sport faoliyati
- 60110200 – Maktabgacha ta’lim
Ma’naviy-marifiy ishlar
Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yillik ish reja asosida faoliyat olib boriladi. Ushbu rejada eng ustuvor yo'nalishlardan biri bu Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” bo’lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari ma'naviy-ma'rifiy ishlar, tashkiliy ishlar, fakultet jamoasida umumiy va pedagogik madaniyatni amalga oshirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, Mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari, milliy qadriyatlar va an'analar, ajdodlarimizning boy madaniy me'rosini targ'ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ'ibot-tashviqot ishlari, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo'yicha faoliyat olib boriladi. Bundan tashqari iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan ishlar hamda ularni Respublika miqyosidagi nufuzli ko'rik-tanlov va Davlat stipendiyalariga tayyorlash borasidagi ishlardan iborat.
Fakultetda 2021-2022-o'quv yilida fakultet dekani tashabbusi bilan universitet rektori buyrug'i asosida ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha fakultet ilmiy kengashi faoliyati yo'lga qo'yildi. Fakultet tarkibiy tuzilmasiga bо‘ysunuvchi kafedralarda doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari muayyan yо‘nalish bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradi. Fakultetda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash belgilangan tartibga ko‘ra amalga oshiriladi.Fakultetda professor-о‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, о‘quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud. Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi xodimlarning chet el xizmat safarlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi tо‘g‘risida”gi muvaqqat Yо‘riqnoma asosida, universitet rektorining roziligi bilan amalga oshiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi kafedralarda faoliyat olib boruvchi professor-о‘qituvchilar uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshiradilar. Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va Odob-axloq qoidalari hamda lavozim yо‘riqnomalari bilan belgilanadi.
FAKULTET TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga Finlandiyaning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samaqrand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti alohida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat boshladi.
Fakultet Respublikamizning ta’lim tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilik qilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Ayniqsa, respublikamizda ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar ta’lim sohalari uchun zarur boʻlgan adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, maktab oʻqituvchilarining mahoratini oshirishga yaqindan koʻmak berib kelmoqda.
Samarqand davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Filologiya” fakulteti 2021-yil “Xorijiy tillar va gumanitar fanlar” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2023-yil “Filologiya” fakulteti nomi bilan qayta tashkil etildi.
2021-2022-o’quv yilida fakultetda dotsent Abdullayeva Albina Suratovna, 2022-2023-oʻquv yilida dotsent Normoʻminov Sherzod Toʻychiyevich dekan lavozimida faoliyat olib borishgan.
2023-yil 30-avgustdan dotsent Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud:
“Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi
“Xorijiy tillar” kafedrasi
Filologiya fakultetida uchta ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
O‘zbek tili va adabiyoti
O‘zga tilli guruhlarda rus tili
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Ta'lim yo'nalishlari
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Bakalavr Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya) 70530203 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Magistr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 | Magistr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 70111202 | Magistr |
| Musiqa ta'limi 60110600 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| O'zbek tili va adabiyoti (magistratura) 70110701 | Magistr |
| O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi 70110101 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Sport madaniyati 60111200 | Bakalavr |
| Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 70110201 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Samarqand davlat pedagogika instituti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Musiqa ta’limi
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Pedagogika
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Boshlang'ich ta'lim
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya)
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Musiqa ta'limi
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Pedagogika nazariyasi va tarixi
12 052 240 so'm
yiliga
Samarqand davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)
12 052 240 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Narmamatova Sabina G'ayrat qizi
G'anibayeva Nasiba Nuraliyevna
Hamroyev Adham Ikromjon o'g'li
Norkulova Jasmina Sodikovna
Jabborov Solijon Ergash o‘g‘li
Rustamova Odina Shavkat qizi
Otaqulova Parinoz Ilyos qizi
Sarimsaqova Muyassar Shavkat qizi
Shoqosimov Ilyos Asliddin o‘g‘li
Talabalar fikri
Mironshoh Azizov
Aslam Xolboyev