WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Inson resurslarini boshqarish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

INSON RESURSLARI VA MAHALLA TARAQQIYOTINI BOSHQARISH INSTITUTI

70411401 – Inson resurslarini boshqarish

Bu yo‘nalishda tahsil olgan magistr talabalar iqtisodiy va boshqaruvga oid fanlarni mukammal o‘rganadi.   

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy amaliyot

Mustaqil ta’lim

Ilmiy –tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

Ilmiy –pedagogik ishi

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

Magistrlik  dissertatsiyasini himoyasi

Jami

Ma’ruza

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

120

4020

650

322

312

 

16

 

420

2950

720

180

420

180

 

 

        1-bosqichda Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlari hamda mutaxassislik bo`yicha maxsus fanlarni o`qitish metodikasi, zamonaviy iqtisodiy nazariya, inson resurslarini boshqarish, raqamli iqtisodiyot, personalni strategik boshqarish, korxonada kadrlar siyosati, demografiya, mehnat bozori infratuzilmasi, kadrlar konsaltingi va auditi fanlari o`tiladi.

2-bosqichdan boshlab tanlov fanlari o`tiladi hamda belgilangan joylarda ilmiy amaliyot olib boriladi.

2 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng talabalarga inson resurslarini boshqarish bo`yicha mutaxassislik beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10% gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariy va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1-4

Attestatsiyalar

12

1-4

Ta’til

11

1,2,3

Davlat attestatsiyasi

2

4

Qayta topshirish

11

1,2,3

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

9

1-4

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

6

4

Kredit ta’lim tizimiga kirish, tanlov fanlarini tanlash

4

1,2

Jami

100

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan iyul oyi oxirigacha.

FANLAR

  1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  2. Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar
  3. Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi
  4. Zamonaviy iqtisodiy nazariya
  5. Inson resurslarini boshqarish
  6. Raqamli iqtisodiyot
  7. Personalni strategik boshqarish
  8. Korxonada kadrlar siyosati
  9. Demografiya
  10.  Mehnat bozori infratuzilmasi
  11. Kadrlar konsaltingi va auditi
  12. Aholi turmush tarzi va daromadlari
  13.  Demografik tahlil
  14. Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti
  15. Korporativ ijtimoiy mas’uliyat

 

 

O'xshash dasturlar