WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Vokal san’ati (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda sanhat sohasida faoliyat olib boradigan ansambllarda xonandalik bo’yicha mutaxassislik profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.

Fanning vazifasi – talabalarga badiiy jamoalarida ijodiy faoliyat olib borish, madaniyat va sanhat tahlim muassasalarida malakali xonandalarni tarbiyalashga o’rgatishdan iborat. «Vokal ansambli» fani bo’yicha  o’qitish jarayonini quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

Vokal ansambl repertuarni ijro etish uchun ijrochilik mahoratini o’zlashtirish;

-asarlarni uslubi, nozik tomonlari, psixologik ifodalanishini tushunib, shaklini sezib ijro etish ko’nikmalarini shaklantirish;

-xonanda talabalarining kamer-vokal adabiyoti materiallari asosida ijrochilik mahoratlarini rivojlantirish, romans-qo’shiqchilik adabiyoti bilan tanishish, badiiy didni tarbiyalash va ijro etilayotgan asarlarning uslubini tushuna bilish.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari Haftalar soni Semestr Davlat attestatsiyasi
Nazariy va amaliy ta’lim 120 1-8 Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi
Malakaviy amaliyot 13 2-4-6-8
Attestatsiyalar 22 1-8
Bitiruv malakaviy ishi 5 8
Kredit tizimiga kirish 4 1-3-5-7
Ta’til 40 1-8
Jami: 204  
Izoh:                                                                                                      
1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2. O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
3. Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.
4. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
5. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi:
  O‘quv-tanishuv amaliyoti (2-semestrda jami 120 soat), Ijrochilik amaliyoti (4-semestrda jami 120 soat), Pedagogik amaliyot (6-semestrda jami 120 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat).
6. Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.
7. San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
8. Bitiruv malakaviy ishi (ijro dasturi -  asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi.
9. Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi:
  Opera tayyorlov mashg‘uloti faniga pedagogik soatlar o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 200% hisobidan (dirijor va rejissyorni ishini hisobga olgan holda);
    - “Akademik xonandalik ijrochiligi”dan bitiruv ishi (ijro dasturi)ga jo‘rnavozlar uchun 50% hisobidan;
    - Opera tayyorlov mashg‘uloti, Akademik xonandalik ijrochiligi, Kamer xonandalik, Jo‘rnavoz bilan ishlash, Raqs, Vokal ansambli fanlariga umumiy vaqtning 100% hisobidan.

O'xshash dasturlar